Boris — Jonsonmi yoki Yelsin?
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu britaniyalik hamkasbi Boris Jonsonni Yelsinga adashtirib yubordi. Bu haqda «MIR24» Isroilning «The Jerusalem Post» gazetasiga asoslanib xabar bermoqda.
Siyosatchi bu xatoga mamlakat hukumati yig‘ilishidagi chiqishida yo‘l qo‘ygan.
«Men Londonga ajoyib safar qilib qaytdim, u yerda bosh vazir Boris Yelsin hamda AQSh mudofaa vaziri bilan uchrashdim», — dedi Netanyaxu.
Hamkasblari shu zahoti bosh vazirning so‘zlarini to‘g‘rilab yuborishdi O‘zini yo‘qotib qo‘ymagan Netanyaxu esa buni atayin, to‘planganlar uning so‘zlarini diqqat bilan tinglashyaptimi-yo‘qmi, sinash uchun qilganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson 2019-yilning 24-iyulidan beri Buyuk Britaniya bosh vaziri. Boris Yelsin esa Rossiya prezidenti sifatida 1991—1999-yillarda faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter