Nepal fuqaro aviatsiyasi vaziri vertolyot qulashidan halok bo‘ldi
Nepal madaniyat, turizm va fuqaro aviatsiyasi vaziri Rabindra Adhikari 27-fevral kuni tog‘li Terhathum tumanida ro‘y bergan vertolyot avariyasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda «NDTV» telekanali xabar berdi.
Vertolyot bortida vazirdan tashqari, yana olti kishi bor edi: bosh vazirning shaxsiy yordamchisi Yubaraj Dahal, Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi bosh direktorining o‘rinbosari Birendra Prasad Shresta, tadbirkor Ang Sering Sherpa va boshqalar. Ularning barchasi halok bo‘lgan.
Vertolyot radarlardan yo‘qolib qolganidan so‘ng terhathumliklardan portlash va tutun chiqqani haqidagi xabarlar kela boshlagan. Voqea joyiga hukumat vakillari va qutqaruv xizmatlari yetib borgan.
Adhikari va uning hamrohlari mahalliy ibodatxonani ziyorat qilib, so‘ng yangi aeroportni tekshirish uchun Panchtxarga yo‘l olishlari kerak edi. Halokatga nima bo‘lgani hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter