Neft qimmatlashdi va yana qimmatlashadi — ekspertlar

Brent markali neft narxi 2020-yilning 25-fevralidan beri navbatdagi rekordni qayd etdi — bir barreli 56 dollardan qimmatlashdi. Mart oyi fyucherslari savdosida eng yuqori 56,06 dollarlik ko‘rsatkich qayd etildi. Narx o‘sishi o‘rtacha 2,81 foizni tashkil etdi.
WTI markali neft qiymati 2,75 foizga qimmatlab, bir barreli 52,23 dollarga yetgan.
Neft narxini qimmatlashtirgan ikki asosiy sabab: OPEK+ mamlakatlari qarori ortidan neft qazib olish istiqbollari oshishi hamda qora oltinga talab ko‘payishi haqidagi optimistik bashoratlar. Ekspertlar hafta yakunida neft narxi oshishi 6-7 foizga chiqishini ham istisno qilishmayapti.
5-yanvar kuni OPEK+ majlisida kelgusi ikki oy uchun bitimlar hajmiga aniqlik kiritib olingan. Unga ko‘ra, Rossiya va Qozog‘iston neft ko‘proq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi, Saudiya Arabistoni esa, aksincha, neft chiqarishni qisqartiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter