Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyevning uchinchi kuyovi ham lavozimidan ketdi

Nazarboyevning uchinchi kuyovi ham lavozimidan ketdi

Timur Kulibayev.

Foto: atameken.kz

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Timur Kulibayev Qozog‘iston Respublikasi «Atameken» milliy tadbirkorlar palatasi Prezidiumi raisi lavozimini tark etdi. Bu haqda Zakon.kz ma’lum qildi.

Uning «Atameken» RK Milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumi a’zolariga murojaati Milliy palata saytida e’lon qilindi.

«Bugundan boshlab «Atameken» Milliy tadbirkorlar palatasi Prezidiumining saylangan raisi lavozimini tark etishga qaror qildim. Qurultoy delegatlari va prezidium a’zolariga menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Milliy tadbirkorlar palatasining oliy nazorat organiga sakkiz yil rahbarlik qilish men uchun katta sharaf va mas’uliyat bo‘ldi»,— deydi Timur Quliboyev

U «Atameken»ning katta jamoasi – oddiy mutaxassislardan tortib, hududiy bo‘limlar rahbarlarigacha bo‘lgan hamkorlikdagi mazmunli faoliyati uchun alohida minnatdorchilik bildirgan.

Timur Quliboyev Nazarboyevning o‘rtancha qiziga uylangan bo‘lib, Milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumi raisi lavozimida 2013-yil sentabridan beri ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq Qozog‘istondagi yirik davlat aktivlarini boshqaradigan «Samruk-Qazina» fondi «KazTransOyl» kompaniyasi rahbari Dimash Dosanov hamda «QazaqGaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi Kayrat Sharipbayev lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring