Nazarboyevning qudasi hibsga olindi

Qozog‘istonda yirik tadbirkor hamda mamlakat Paralimpiya qo‘mitasini boshqarib kelgan Qayrat Boranbayev hibsga olindi. Bu haqda Qozog‘iston moliyaviy monitoring agentligining matbuot xizmati xabar berdi.
«Kvazidavlat sektori (davlat asos solgan tuzilma — tahr.)da o‘ta yirik miqdorda mablag‘larni o‘zlashtirish fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Boranbayev ikki oy muddatga vaqtinchalik saqlash izolyatoriga keltirilgan.
Qayrat Boranbayev Qozog‘iston milliy Paralimpiya qo‘mitasini 2015 yildan beri boshqaradi. Uning qizi sobiq prezident Nursulton Nazarbovning nevarasiga turmushga chiqqan.
«Forbes Kazakhstan» Boranbayevni 2021-yilda «Qozog‘istonning eng nufuzli 50 tadbirkori ro‘yxatiga kiritgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston, Belarus va Rossiyaning bir qancha hududlarida McDonald's franchayzi hisoblanadi. «Aleks-Saryagash» mineral suvlar kompaniyasi, «Olmaly Asset Management Company» MChJ, «Kemikal Kazakhstan Petrochemical Company» MChJ, «KazTurboJondeu Holding Company» MChJlarning egasi.
Qolaversa, pulli avtoturargohlar, fitnes tarmoqlari, mehmonxona, yirik savdo tarmoqlari hamda «Qayrat» futbol klubining sohibi sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter