Nazarboyevning kuyovlari «yog‘li» lavozimlardan ayrilishdi
Qozog‘istondagi yirik davlat aktivlarini boshqaradigan «Samruk-Qazina» fondi «KazTransOyl» kompaniyasi rahbari Dimash Dosanov hamda «QazaqGaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi Kayrat Sharipbayev lavozimidan ozod etilganini e’lon qildi.
Mamlakatdagi eng yirik kompaniyalarni boshqaradigan ushbu shaxslar Nursulton Nazarboyevning ikki qizi – Aliya va Darig‘a Nazarboyevalarning turmush o‘rtoqlari hisoblanishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aliya Nazarboyeva Qozog‘istondagi hodisalardan shafqatsiz saboq olinganini qayd etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter