Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyevning jiyani olti yilga «kesildi»

Nazarboyevning jiyani olti yilga «kesildi»

Qozog‘istonda Astana sudi mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldini olti yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Nazarboyevning tadbirkorlik bilan shug‘ullangan jiyani «Qozoqtelekom» AK va «Transport servis markazi» aksiyadorlik jamiyati mablag‘larini katta miqdorda o‘zlashtirishda aybdor deb topildi.

Sotiboldi sudda o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Shuningdek, mamlakat prezidentiga Qayrat Sotiboldini ordenlardan mahrum etish, xavfsizlik organlari general-mayori unvonini bekor qilish bo‘yicha taklif kiritiladi. 

Davlat qoralovchisi ham aybdorga olti yil jazo so‘ragan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring