Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyev yana bir muhim lavozimni To‘qayevga topshirdi

Nazarboyev yana bir muhim lavozimni To‘qayevga topshirdi

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev yana bir o‘ziga tegishli lavozim —Qozog‘iston xalqlari assambleyasi raisligini Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirdi. Nazarboyev aval assambleyaning umrbod raisi edi. Bu haqda Liter.kz xabar bermoqda.

«Birinchi prezident to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun va assambleya to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, mening Qozog‘iston xalqlari assambleyasini boshqarish uchun umrbod huquqim bor. Bu amal misli bolta kabi amaldagi prezidentning yonida turishi lozim. Mamlakat rahbari ham assambleyaga suyanadi albatta. Men bu  huquqimni amaldagi davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirishga qaror qildim», — deya ta’kidlagan Nazarboyev.

2019-yil mart oyida Nazarboyev mamlakat aholisiga murojaatida 30 yillik boshqaruvidan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi. Keyinchalik o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida 70 foizdan ortiq ovoz to‘plagan Senat Spikeri To‘qayevni o‘ziga voris etib tayinlagan edi.

Shu bilan birga, Nazarboyevning o‘zi respublika Konstitutsiyaviy Kengashi tarkibida Xavfsizlik Kengashi  raisi va «Nur Otan» partiyasining boshlig‘i bo‘lib qoldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring