Nazarboyev «elbasi» rutbasidan mahrum etildi
Qozog‘iston parlamenti birdaniga ikki o‘qishda «elbasi» qonuni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini bir ovozdan qabul qildi. Bu haqda NUR.KZ xabar bermoqda.
Hujjat davlat rahbariga imzolash uchun yuborilgan.
«Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elbasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunga ko‘ra, Qozog‘istonning birinchi prezidenti bir qator imtiyozlarga ega bo‘lgan. Bular:
– Umrbod Qozog‘iston Respublikasi xalqiga, davlat organlariga murojaat qilish:
– Hukumat majlislarida qatnashish;
– Tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan majburiy ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan davlat qurilishi, ichki va tashqi siyosati hamda mamlakat xavfsizligining eng muhim masalalari bo‘yicha parlamentga tashabbuslar bilan chiqish.
Shu bilan birga, Elboshining faoliyatiga to‘sqinlik qilish, uning sha’ni va qadr-qimmatiga oshkora haqorat qilish yoki boshqa tarzda tajovuz qilish, shuningdek, birinchi prezidentning suratlarini kamsitish javobgarlikka sabab bo‘lgan.
Daxlsizlik huquqi «elbasi»ning oila a’zolariga, uning mol-mulkiga, xizmat xonalariga, xizmat transportiga, aloqa vositalariga, yozishmalariga, ularga tegishli hujjatlarga, shuningdek, jamg‘armasiga tegishli mol-mulkka nisbatan ham qo‘llanilgan.
Bundan tashqari, «elbasi» Qozog‘iston hududida prezidentlik, hukumat va davlat organlari ixtiyorida bo‘lgan boshqa aloqa turlaridan umrbod foydalanish huquqiga ega edi.
Adliya vazirligi rahbari Azamat Esqorayev jurnalistlarga bergan intervyusida sobiq prezident uchun daxlsizlikning barcha kafolatlari, jumladan, shaxsiy daxlsizlik, sha’ni va qadr-qimmati, birinchi prezident maqomi saqlanib qolayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu oila a’zolariga taalluqli emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter