Navbatdagi mahkumlar almashinuvida 180 nafardan ortiq falastinlik uyiga qaytdi

Shanba kuni Isroil garovga olinganlarni almashtirish bo‘yicha yangi kelishuv doirasida 183 kishini asirlikdan ozod qildi.
Falastin manbalarining ta’kidlashicha, Isroil ulardan ba’zilarini terrorchilik hujumlar va maxfiy ma’lumotlar uzatilishining oldini olish uchun profilaktik chora sifatida «ma’muriy qamoq»qa olgan, ya’ni yillar davomida hech qanday ayblovsiz panjara ortida muddat o‘tagan.
Shu bilan birga, shanba kuni ozod etilganlarning 18 nafari umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlardan. 50 nafardan ortig‘i esa isroilliklarga qarshi hujumlarda ishtirok etgani, jumladan yigirma yil avvalgi janglardagi ishtiroki uchun uzoq muddat jazo o‘tagan.
G‘azoga qaytganlarning ayrimlari isroillik qamoqxona xodimlari tomonidan yomon munosabat ko‘rganini aytishmoqda.
«Ular shafqatsiz, vahshiyona muomalada bo‘lishdi. Ozodlikka chiqqanimizda ham ular bizni kaltaklashdi, qo‘llarimizga kishan solishdi. Ko‘zlarimiz bog‘langan holida bizlarni itlarga qo‘riqlattirdi» - deydi mahkumlardan biri Muhammad Sleym.
Xabar qilinishicha, yetti nafar falastinlik zudlik bilan davolanish uchun shifoxonalarga yotqizilgan, biroq ularning ahvoli haqida ma’lumotlar hozircha ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, 183 nafar falastinlik evaziga HAMAS 3 nafar isroillikni ozod qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter