Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO bosh kotibi Ukraina tegrasidagi so‘nggi vaziyatga izoh berdi

NATO bosh kotibi Ukraina tegrasidagi so‘nggi vaziyatga izoh berdi

Rossiyaning Ukrainaga ehtimoliy hujumi xalqaro hamjamiyat kun tartibidan tushganicha yo‘q. Rasmiy Moskva Ukraina chegara hududlariga to‘plangan qo‘shin doimiy joylashuv nuqtasiga qaytarilayotgani haqida bayonot berganiga qaramay, G‘arb mamlakatlari bunga ishonmayapti.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Euronews telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning Ukraina bo‘yicha rejalari hamon mavhum bo‘lib qolayotganini qayd etar ekan, urush istalgan payt boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi.  

«Biz juda ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Rossiya Ukrainaga ogohlantirishsiz bostirib kiruvchi kuchlarni oyoqqa turg‘azgan. Rossiya bizga amalga oshirib bo‘lmac talablarni ilgari surdi va endilikda tahdidomuz ohangdagi muloqotni afzal ko‘rmoqda.  Biz Rossiyani  tanglikni bartaraf etish va NATO bilan diplomatik muloqotga chorlaymiz», – deydi harbiy tuzilma rahbari. 

Rossiya tomoni harbiy mashqlardan keyin Ukraina tegrasida jamlangan bo‘linmalar ortga qaytarilayotganini aytmoqda. Kollektiv G‘arbga ko‘ra esa, chegaradagi harbiy guruhlar ortga qaytayotgani alomatlari ko‘rinmayapti.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukrainaga 16 fevral kuni bostirib kirishini e’lon qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring