NATO bosh kotibi tashkilotning asosiy maqsadini ochiqladi
Rossiya bilan harbiy nizo kuchayishning oldini olish NATOning asosiy vazifasi, deydi tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenberg.
Uning so‘zlaridan RIA «Novosti» iqtibos keltirmoqda.
«Eng muhim vazifa bu keskinlashuvning oldini olish, joriy kelishmovchiliklarning Rossiya va NATO o‘rtasidagi keng ko‘lamli urushga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Chunki bu yanada ko‘proq azob-uqubatlar, o‘lim va halokat olib keladi», dedi u va ittifoqning ikkinchi asosiy vazifasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash ekanini qo‘shimcha qildi.
Stoltenberg, shuningdek, NATOning sharqiy qanotida kengayishini uning a’zolarining o‘zini himoya qilishga tayyorligi bilan izohladi.
«Biz buni mojaro qo‘zg‘ash uchun emas, balki uning oldini olish uchun qilyapmiz», deb ta’kidladi bosh kotib.
Eslatib o‘tamiz, NATO davlatlari Vilnyus sammitida Rossiya tashkilot uchun asosiy tahdid sifatida baholangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter