NASA Yer va ulkan asteroid to‘qnashishi ehtimolda tutilgan sanalarni e’lon qildi
NASA Yerga potensial xavf tug‘diruvchi Apofis asteroidi harkatlanish trayektoriyasini diqqat bilan kuzatmoqda. Yaqinda fazoviy agentlik ehtimoliy to‘qnashuv sanalarini e’lon qildi.
Apofis asteroidi 2004-yili aniqlangandi. O‘shanda tadqiqotchilar Apofis sayyoramiz bilan 2029-yilda to‘qnashib ketadi, degan xavotirga borishgandi. O‘tgan yillar mobaynida hisob-kitoblar yanada aniqlashdi, ehtimoliy to‘qnashuv sanalari esa «kechiktirildi», deyiladi «Daily Star» xabarida.
Mana o‘sha sanalar:
- 2060-yil 12-aprel
- 2065-yil 11-aprel
- 2068-yil 12-aprel
- 2068-yil 10-oktyabr
- 2076-yil 13-aprel
- 2077-yil 13-aprel
- 2078-yil 13-aprel
- 2089-yil 10-oktyabr
- 2091-yil 13-aprel
- 2103-yil 14-aprel.
Kamida 43 yildan so‘ng, uzog‘i bilan 84 yilda, aprellar, 13-sanalar...
NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu sanalarda asteroid Yer yonidan chamasi 21060 km/soat tezlikda uchib o‘tadi. Uning diametri 325 metr, massasi — 280 million tonna.
O‘lchamlari, tezligi va Yerga juda yaqin o‘tishi bois Apofisni astronomlar rasman potensial xavfli asteroid sifatida tasniflashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter