Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Xitoyning g‘arbiy qismida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Xitoy seysmologik markaziga asoslanib, «Anado‘lu» agentligi xabar berdi.
Yer osti silkinishlari Tibet avtonom tumanining Ngari okrugida qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.
Hozircha qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter