Kubada samolyot quladi, yuzdan ortiq yo‘lovchi halok bo‘lgani aytilmoqda
Bugun 18-may kuni Kubada Boyeing 737 samolyoti halokatga uchradi.Bu haqda mamlakat televideniyesiga asoslanib, «Telemundo» kanali xabar bermoqda.
Samolyot Gavanadan Olgin shahriga uchayotgan bo‘lgan. Layner Gavanadan ko‘tarilgandan bir necha daqiqa o‘tgach qulagan.
«Infobae» portalining ma’lumotiga ko‘ra, samolyot bortida 104 kishi bo‘lgan. «Cibercuba» nashri esa 107 yo‘lovchi borligini yozgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.
Kuba rahbari Migel Dias-Kanel ham voqea joyiga tashrif buyurgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter