Musulmonlar uchun eng qadrli ism Yevropa poytaxtini ham zabt etdi
Yevropa ittifoqi va Belgiya poytaxti Bryusselda 2021 yil dunyoga kelgan chaqaloqlarga eng ko‘p Muhammad ismi qo‘yildi. Bu haqda mamlakat statistika idorasi – Statbel hisobotida so‘z boradi.
Bryussel shahrida 2021 yil davomida dunyoga kelgan 18430 chaqaloqqa Muhammad ismi berilgan. Eng ko‘p qo‘yilgan ismlar beshligidan Jan (6089), Ahmad (4166), Filipp (4060) va Mishel (4049) o‘rin olgan.
Butun mamlakat miqyosida olganda esa Jan ismi birinchi o‘rinda qayd etilgan (65886). Muhammad ismi umumiy ro‘yxatning 9-o‘rnida. Belgiya bo‘yicha 34862 chaqaloqqa Islom dinining ulug‘ payg‘ambari ismi berilgan.
Buyuk Britaniyada ham besh yildan buyon Muhammad eng ko‘p qo‘yilayotgan o‘g‘il bola ismi bo‘lib kelmoqda.
AQShda esa musulmonlar uchun qadrli bo‘lgan mazkur nom eng ko‘p berilayotgan ismlar o‘ntaligiga kirgan.
Isroilda ham Muhammad ismi Yusuf, Dovud kabi payg‘ambar nomlari qatorida ommaviy hisoblanadi.
O‘zbekistonda esa 2020 yilda Muhammadali – yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ism o‘laroq qayd etilgan: 19393 nafar o‘g‘il bola shunday atalgan.
Yuqori beshlikda Muhammadalidan tashqari Mustafo, Abdulloh, Muhammad, Imronbek ismlari ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter