Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Munira Abdulla 27 yillik komadan chiqdi va o‘g‘lini chaqirdi...

Munira Abdulla 27 yillik komadan chiqdi va o‘g‘lini chaqirdi...

Foto: «The National»

Munira Abdulla 1991-yili 32 yoshda edi. O‘sha kuni o‘g‘lini bog‘chadan olib qaytayotgan bu ayol jigarbandini yana 27 yil ko‘rmasligini bilganidami...

...Yaratganning inoyatini qarangki, o‘z yurtida chorak asr komada yotgan ayol, bir yillik muolajadan so‘ng, Germaniya shifoxonasida ko‘zini ochdi. Kim bilandir talashib-tortishayotgan o‘g‘lining ovozi qulog‘iga chalinib, uni ovozlashga urindi. Yana uch kundan keyin Umarni ismini aytib chaqiradigan bo‘ldi. Munira yaqinlarining ismlarini esladi, savolga javob bera olyapti, duolar o‘qimoqda, deb yozmoqda «The National».

...Al-Ayn (BAA)da onasi bilan avtohalokatga uchrashganida Umar endi to‘rtga kirgandi. O‘shanda Muniraning qarindoshi haydab ketayotgan mashinaga maktab avtobusi kelib urilgandi. Ona-bola orqa o‘rindiqda edi. Volidasi jon holatda bag‘riga yashirgani uchun Umarning u yer bu yeri tirnaldi, ammo onasi...

Boshidan qattiq jarohat olgan Munira kasalxonada uzoq qolib ketdi, tomirlariga ulab qo‘yilgan har xil simlargina uning jonini saqlab turardi. Oradan chorak asr o‘tib ketdi hamki ayol ko‘zini ochmadi. Dunyoda yaxshi insonlar bor ekan umid o‘lmaydi. Shayx Muhammad bin Zayd Ol Nahayyon bergan yordam puliga Germaniyaga borib bir yil davolanish Munirani hayotga qaytardi. Umar o‘ziga o‘xshab yaqinlari bir umrga to‘shakka mixlangan insonlardan aslo umid uchqunlarini so‘ndirmaslikni so‘radi:

«Ne-ne shifokorlar bu umidsiz dardni davolashdan ma’ni yo‘qligini qulog‘imga quyib kelishdi. Ammo men har safar o‘zimni onamning o‘rniga qo‘yib ko‘rdim, uning ahvolini o‘nglash uchun qo‘limdan kelganini qildim».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring