Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonlik erkak 10 qavatdan tushib ketgan bolani ushlab qoldi (video)

Qozog‘istonlik erkak 10 qavatdan tushib ketgan bolani ushlab qoldi (video)

Foto: «360tv.ru»

Ostonalik erkak 10-qavatdan tushib ketgan bolani ushlab qoldi. Xabar qilinishicha, hodisa kecha, 25 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Uyning 10-qavatida yashaydigan bolakay uyda yolg‘iz qolgan. U ko‘chaga chiqmoqchi bo‘lgan, ammo eshik yopiq bo‘lgan. Shundan so‘ng u oynaning hashoratlardan saqlovchi to‘rini yirtmoqchi bo‘lib yiqilib ketgan va karnizga osilib qolgan.

Bir qavat pastda yashovchi qo‘shni bolaning ovozini eshitib ayvonga chiqqan va osilib turgan bolani ko‘rgan. Bola tushib ketayotganda erkak uni ushlab qolgan.

«Birinchi bor shunday holatga tushishim. Yaxshilab o‘rnashib olib qo‘limni unga to‘g‘riladim. U 15 soniyacha osilib turdi va tushib ketdi. U mening qavatimgacha uch metrcha tushgunicha uni muvaffaqiyatli ushlab qola oldim», — deydi bolakayni qutqargan erkak.

Bola qutqarilishi bilan voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatish zaruriyati tug‘ilmagan. Bola ota-onasiga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring