Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudhish yong‘inda bir oilaning 14 a’zosi halok bo‘ldi

Mudhish yong‘inda bir oilaning 14 a’zosi halok bo‘ldi

Turkiyaning Bolu muzofotidagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida Zahro Sena Gultekin 13 nafar oila a’zolari bilan birgalikda halok bo‘ldi.

Zahro Sena Gultekin turmush o‘rtog‘i Bilol Gultekin bilan to‘rt farzandni tarbiyalab kelganlar. Gultekin oilasining to‘rtinchi farzandi asli shinjonlik uyg‘ur qiz bo‘lib, er-xotin uni asrab olgan edi.

Turkish Airlines shirkatida faoliyat yuritgan Zahro Sena maktab ta’tili kunlari farzandlari hamda oila a’zolari bilan Bolu muzofotidagi tog‘-chang‘i kurortiga dam olgani borishgan. 21 yanvar tongida ro‘y bergan mudhish yong‘inda Zahro Sena, uning turmush o‘rtog‘i, farzandlari va boshqa oila a’zolari olov domida qolishgan. O‘limi arafasida ayol onasiga qo‘ng‘iroq qilib vidolashishga ulgurib qolgan.

Zahro Sena Gultekin hamda uning oila a’zolari janoza va dafn etish marosimida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham qatnashgan.

Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada ro‘y bergan yong‘inda 76 kishi vafot etgan, o‘nlab odam jarohatlangan.

Yong‘in sabablarini o‘rganish bo‘yicha tergov harakatlari boshlangan. Rasmiylar hodisa aybdorlari qonun oldida qat’iy javob berishini ma’lum qilgan.

Avval xabar berganimizdek, insoniy yo‘qotishlarga olib kelgan yong‘in sabab Turkiyada  22 yanvar motam kuni deb e’lon qilindi.

Fojia munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ta’ziyanoma yo‘lladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring