Mozori-Sharifdagi masjidda portlash bo‘ldi
Afg‘onistonning Balx viloyati markazi Mozori-Sharifdagi masjidda kuchli portlash bo‘lgan. Bu haqda Aamaj News axborot agentligi xabar tarqatgan.
Xabarga ko‘ra, portlash peshin namozi vaqtida sodir bo‘lgan. Hozircha qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Shuningdek, toliblar ham ushbu voqea bo‘yicha rasmiy izoh berishmagan, biror tashkilot portlashni o‘z bo‘yniga olganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter