Shveysariyada moviy olmos 6,7 million dollarga sotildi
300 yildan beri Yevropa aslzodalari uyida saqlangan moviy olmos Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilgan kimoshdi savdosida 6,7 million AQSh dollariga sotildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
«Sotheby’s» auksion uyida sotuvga qo‘yilgan olmosni Ispaniya qiroli Felipe V 1715-yili gersog Parmaning qizi Elizabet Farnezega uylanganida unga sovg‘a qilgan edi.
300 yil davomida Ispaniya, Fransiya, Italiya, Avstriyadagi aslzodalar egalik qilgan 6,1 qirotli moviy olmos 6,7 million dollarga sotildi.
Sotib olgan kishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter