Moskvada qurbonlar ko‘paydi, O‘zbekiston elchixonasi bayonot berdi: so‘nggi yangiliklar
Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvadagi terakt sabab hozirgacha 60 kishi halok bo‘lgan. Ammo departament qurbonlar soni ortishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Hozirda voqea joyida mutaxassislar ishlab, qurbonlarning shaxsini aniqlamoqda.
Hodisa uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan. AQSh tomoni ham voqea ortida IShID turganini aytib chiqdi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi Crocus City Hall markazida ro‘y bergan portlash va otishma oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani, natijada tinch aholi vakillari jabrlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u hissi bilan qabul qilganini ma’lum qilgan.
"Elchixona qabul qiluvchi davlat huquq-tartibot idoralari bilan yaqin aloqada. Hozirda jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, shuningdek, barcha jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini izhor qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xotirjamlikka va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqiramiz" deyiladi ma’lumotda.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limining call-markaziga: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76.
Eslatib o‘tamiz, terakt 22 mart kuni kechasi yuz berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter