Moskvada bir sutkada 67 kishi koronavirusdan vafot etdi

Moskvada 24 soat ichida 67 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Bu haqda tezkor shtab telegram-kanali xabar berdi.
Bu koronavirus epidemiyasi Rossiya poytaxtida boshlanganidan beri eng katta sutkalik o‘sishdir. Tezkor shtab dunyodan o‘tganlarning barchasi pnevmoniyaga chalinganini ma’lum qildi.
Moskvada bir kun avval 44 kishi, ikki kun ilgari 31 kishi koronavirus qurboniga aylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter