Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva aeroportlarida yana chigal vaziyat yuzaga keldi

Moskva aeroportlarida yana chigal vaziyat yuzaga keldi

Poytaxt aeroportlarida bir qancha reyslar kechiktirildi yoki bekor qilindi.

Vnukovoda 10 ta reys kechiktirildi, oltitasi bekor qilindi. Domodedovoda 9 reys kechiktirildi, 14 tasi bekor qilindi, Sheremetevoda uchta reys kechiktirildi, yana uchta reys bekor qilindi.

So‘nggi kunlarda Moskva aeroportlarida parvozlar cheklanishi haqida bir necha bor xabarlar paydo bo‘ldi. Bunga dronlar hujumlari sabab bo‘lgan.

31 avgust kuni Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlaridagi parvozlar cheklovlari tufayli 45 ta samolyot muqobil aerodromlarga jo‘nab ketdi.

Moskva meri Sergey Sobyanin taxminan soat 7:30 da Moskva viloyatining Voskresenskiy tumanida uchuvchisiz uchish apparati urib tushirilgani haqida xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va vayronalar yo‘q.

Bir kun avval Moskva aeroportlarining ishi ikki marta cheklandi. Birinchi marta Moskva vaqti bilan soat 1:00 atrofida faqat Vnukovoda, ikkinchi marta - Moskva vaqti bilan 3:00 atrofida - Domodedovo va Sheremetevoda.

Keyinroq Mudofaa vazirligi xabar berganidek, Moskva vaqti bilan taxminan 3:30 da Rossiya harbiylari Moskva viloyatining Ruza tumani hududida uchuvchisiz uchoqni urib tushirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring