Moody’s 2022 va 2023-yillarda jahon iqtisodiyoti o‘sishini «pasaytirdi»
Moody’s xalqaro reyting agentligi 2022 va 2023-yillarda jahon iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozlarini pasaytirdi.
Rossiya-Ukraina nizosi hamda Xitoydagi karantin cheklovlari global ta’minot zanjirida uzilishlar hosil qilib, inflyasiyaning yuqorilishiga sabab bo‘lmoqda, deyiladi agentlik hisobotida.
G-20 mamlakatlarining iqtisodiyoti o‘sishi joriy yil 3,1 foiz (martdagi 3,6 foiz o‘rniga)gacha, kelgusi yili esa 2,9 foiz (3 foiz o‘rniga)gacha yomonlashishi prognoz qilindi.
Moody’s Rossiya YIM o‘sishi 2022-yilda 7 foizga, 2023-yilda 3 foizga pasayishini kutmoqda.
«Ayni paytda Rossiyadan boshqa hech bir G-20 mamlakatida 2022 va 2023-yillarda retsessiyani kutmayapmiz», — dedi Moody’s katta vitse-prezidenti Madxavi Bokil.
Moody’s agentligi Xitoy iqtisodiyoti o‘sishiga yomon va yaxshi prognoz qo‘ydi: 2022-yilda — 4,5 foiz (5,2 foiz o‘rniga), 2023-yilda — 5,3 foiz (5,1 foiz o‘rniga).
Iqtisodiyot o‘sishi AQShda — 2,8 foiz (2022) va 2,3 foiz (2023), Yevrozonada — 2,5 va 2,3 foiz, Yaponiyada — 2,4 va 1,2 foiz, Buyuk Britaniyada — 2,8 va 1 foiz bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter