Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moldova rahbarining uch oyoqli iti Avstriya prezidentini tishlab oldi

Moldova rahbarining uch oyoqli iti Avstriya prezidentini tishlab oldi

Moldova prezidenti Mayya Sanduning iti Avstriya yetakchisi Van der Bellenning qo‘lini tishladi.

Avstriya prezidenti Aleksandr van der Bellen kafti bog‘langan holda Moldova hukumati bilan uchrashdi.

TVR telekanali xabariga ko‘ra, Van der Bellen sloveniyalik hamkasbi Natasha Pirk-Musar bilan birgalikda Moldovaga amaliy tashrifi doirasida Kishinyovga keldi. Avstriya prezidenti Kodruts ismli itni erkalash uchun qo‘lini cho‘zganida, it uning qo‘lidan tishlab oldi.

Shundan so‘ng, Sandu ingliz tilida iti ko‘p odamlardan qo‘rqishini tushuntirgan.

Van der Bellen matbuot anjumaniga kaftii bog‘langan holda kelgan. Moldova parlamenti raisi Igor Grosu va bosh vazir Dorin Rekan bilan uchrashuvlarda ham Avstriya prezidenti qo‘lida oq plaster taqib yurgan.

Moldova rahbari o‘zining instagramida bu itni mashina urib yuborganidan keyin olib kelganini yozgan. Veterinariya shifokorlari uning oldingi panjasini qutqara olishmagan, «lekin bir necha oylik davolanishdan so‘ng, u endi uch oyoqda harakatlanadi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring