Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moldova birinchi prezidenti og‘ir kasallikdan vafot etdi

Moldova birinchi prezidenti og‘ir kasallikdan vafot etdi

Mustaqil Moldovaning birinchi prezidenti Mircha Snegur 83 yoshida vafot etdi. So‘nggi yillarda u og‘ir kasallik bilan kurashayotgandi. 

1989-yil avgust oyida Moldaviya SSR Oliy Kengashi prezidiumi raisi sifatida Snegur rumin tilini mamlakatning rasmiy davlat tiliga aylantirish tashabbusi ortida turgan.

Sobiq kommunist Snegur mustaqillikdan so‘ng G‘arbga moyil liberal siyosatni tanlagan. 

Moldova prezidenti Mayya Sanduga ko‘ra, dafn marosimi katta miqyosda bo‘lib o‘tadi, 16- sentyabr kuni motam e’lon qilinadi. 

U 1991-yilning 27-avgustida, Sovet Ittifoqi qulashi chog‘ida Moskvadan mustaqilligini e’lon qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring