Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mixail Gorbachyovni javobgarlikka tortishni talab qilishmoqda

Mixail Gorbachyovni javobgarlikka tortishni talab qilishmoqda

Foto: RBK

1991-yil 13-yanvarda Vilnyusdagi voqealar paytida halok bo‘lganlarning qarindoshlari Sovet Ittifoqining sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovni javobgarlikka tortishni talab qildi. Ular okrug sudiga fuqarolik da’vosi bilan murojaat qilgan.

Marhum Algimantas Povilaitisning o‘g‘li Robertas Povilaitisning so‘zlariga ko‘ra, Vilnyusda odamlarning o‘limi bilan bog‘liq jinoiy jarayon nihoyasiga yetmoqda, biroq o‘sha paytdagi mamlakat oliy rahbariyatini javobgarlikka tortmasdan turib, bu jarayon tugamaydi. Ya’ni da’vo arizasiga ko‘ra, sobiq SSSR Oliy qo‘mondoni Mixail Gorbachev, 1991 yining 11-13 yanvar kunlari qon to‘kilishini to‘xtatish uchun yetarli choralar ko‘rmagan va o‘z harakatlarining «oqibatidan bexabar bo‘lishi mumkin emas».

2016 yilda Litvada 1991 yil yanvar voqealari bo‘yicha sud majlislari boshlangandi. Litva prokuraturasiga ko‘ra, Vilnyus teleminorasida namoyishga chiqqan va halok bo‘lgan odamlar sovet askarlari tomonidan o‘ldirilgan.

Ma’lumot o‘rnida 1990 yil 11 martda Litva Oliy Kengashi respublika mustaqilligini tiklashni e’lon qilgandi. 1991 yil yanvar oyida Litvada ruxsat etilmagan norozilik namoyishlari boshlandi va u yerda Sovet maxsus kuchlari joylashtirildi. 13 yanvarga o‘tar kechasi Vilnyus markazidagi telemarkaz yaqinida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, natijada 14 kishi halok bo‘ldi, 600 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Avvalroq Sobiq Ittifoqning so‘nggi rahbari Mixail Gorbachyovning davlat parchalanishidan oldin qilgan asosiy xatosi nima ekani aytib o‘tilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring