Misrda yo‘lkira narxi 250 foiz oshdi

Misrda yo‘lkira haqi 250 foiz oshdi. Misr transport vaziri poytaxt Qohiradagi metro narxi tariflari 50, 150 va 250 foiz oshganini ma’lum qildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Bugun, ya’ni 11-may, juma kunidan metro jetonlari narxi bekat soniga qarab 3, 5 va 7 junayhga o‘zgaradi.
Nogironlar uchun esa metro jetonlari narxi 50 foiz pasaydi. O‘quvchi-talabalar va qariyalar uchun metro narxi o‘zgarmagan.
Narxning o‘zgarishi metro bekatlari va vagonlarni zamonaviylashtirish maqsadida amalga oshirilgan.
Qohirada 79 kilometr uzunlikdagi 3 metro liniyasida 64 ta bekat mavjud. Har kuni 3 million kishi metrodan foydalanadi.
Misr hukumati oxirgi marta 2017-yil mart oyida metro jetonlari narxini 100 foiz oshirib, 2 junayh qilib belgilagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter