Misrda 11 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi
![Misrda 11 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/2/6/720_460_95_2609285005.jpg)
Misr sudi zo‘ravonlik va qotillikda ayblanayotgan 11 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mahkumlar 2015 yili Misr g‘arbida politsiya avtomobilini o‘qqa tutishgan. Buning oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 4 kishi yaralangan edi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha «Delta an-Nahl» sudi bugun zo‘ravonlik va qotillikda ayblanayotgan 11 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi.
Bugungi sud jarayonida ayblanayotgan 11 kishidan 4 nafari qatnashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter