Misr xorijlik turistlarni yangicha tizim bilan jalb qilmoqchi

Misr hukumati xorijlik sayyohlar uchun Tax Free tizimini tezroq ishga tushirmoqchi. Bu haqda ATOR xabar berdi.
Mamlakat vazirlar mahkamasi Global Blue Egypt milliy kompaniyasiga asos solishga ruxsat berdi: Misrdagi barcha xalqaro aeroportlarda uning nuqtalari ochiladi. Tizim rasman qachondan ishga tushishi e’lon qilinmadi, biroq misrlik ekspertlarning taxminicha, u birinchi bo‘lib Sharm ash-Shayxda 2022-yilning noyabridan tajriba tariqasida ochilishi mumkin.
Turistlarga QQS qaytarilishi standart xalqaro sxema asosida amalga oshiriladi — mamlakatdan ketishdan avval Tax Free maxsus kiosklariga murojaat qilinadi. U yerda 1 500 misr funti (77 dollar atrofida)dan ziyod qilingan xaridlar uchun pul olish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter