Minsk sudi Svetlana Tixanovskayani sirtdan 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi
Minsk shahar sudi Belarus muxolifati muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zolariga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha sirtdan hukm chiqardi.
Xususan, sobiq madaniyat vaziri Pavel Latushko 18 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Ish bo‘yicha yana uch ayblanuvchi – Mariya Moroz, Olga Kovalkova va Sergey Dilevskiy esa 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Belarus muxolifati rahbarlari bir vaqtning o‘zida Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bo‘yicha ayblangan. Ular hokimiyatni egallab olish uchun fitna, ekstremistik tuzilma yaratish, hokimiyatni egallab olishga ommaviy chaqiriqlar, ijtimoiy nafratni qo‘zg‘atish kabi masalalarda aybdor deb topilgan.
Prokuror Tixanovskaya va Latushkoni 19 yilga, Moroz, Kovalkova va Dilevskiyni esa 12 yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter