Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya raketasi 300 km masofani bosib o‘tdi

Shimoliy Koreya raketasi 300 km masofani bosib o‘tdi

Foto: «Global Look Press»

Yaponiya mudofaa vazirligi bugun, 27-fevral kuni KXDR ballistik raketani uchirgani haqida ma’lum qildi. U deyarli 300 km masofani bosib o‘tib, Yapon dengiziga qulagan, deya xabar berdi «TASS».

Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kisining aytishicha, raketa Pxenyan hududidan uchirilgan.

U taxminan 300 km masofani bosib o‘tgan, maksimal parvoz balandligi 600 km.ni tashkil etgan, dedi Kisi.

Uchirish natijasida, vazirning so‘zlariga ko‘ra, kemalar va samolyotlarga zarar yetmagan. Kisining aytishicha, Tokio diplomatik kanallar orqali Pxenyanga norozilik bildirgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyo Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasiga javob qaytarish bilan band bo‘lgan bir paytda KXDR fursatdan foydalanmoqchi bo‘lsa, Yaponiya buni qabul qila olmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring