Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Migrantlar yuk mashinasining ag‘darilishi natijasida 25 kishi halok bo‘ldi

Migrantlar yuk mashinasining ag‘darilishi natijasida 25 kishi halok bo‘ldi

Foto:«Reuters»

Meksikada Markaziy Amerika mamlakatlaridan kelayotgan, migrantlar mingan yuk mashinasi halokatga uchradi. Natijada 25 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Chyapas shtati bosh prokuraturasiga asoslanib «Universal» gazetasi yozdi.

Tafsilotlarga ko‘ra, haydovchi kutilmaganda rul boshqaruvini yo‘qotgan, mashina yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan. Hodisa joyi qo‘shni Gvatemala mamlakatiga yaqin hisoblanadi.

Bir oy avval Meksikada yonilg‘i quvuri portlashi oqibatida 100 ga yaqin kishi qurbon bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring