Messi samolyotini Argentina prezidentiga ijaraga berdi
![Messi samolyotini Argentina prezidentiga ijaraga berdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/6/720_460_95_469395281.jpeg)
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi o‘z shaxsiy samolyotini mamlakat prezidenti Alberto Fernandes foydalanib turishi uchun taqdim etdi. Davlat rahbari samolyotda Meksikaga borib keladi.
Meksika mustaqilligining 200 yilligini nishonlamoqda.
![](https://xabar.uz/static/uploads/35/720__Sxf412-fAgKvc9V4Ad6zSvw6vWAdzf0w.jpg)
Prezident samolyotni 4 kunga ijaraga oldi. Buning uchun 160 ming dollar to‘laydi. Ma’lumotlarga qaraganda, Messining samolyoti koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha barcha shart-sharoitlarga ega.
15 million dollarlik samolyot Argentinada ro‘yxatga olingan. Odatda u Messi tug‘ilib o‘sgan shahar Rosariodagi aeroportda turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter