Messi samolyotini Argentina prezidentiga ijaraga berdi
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi o‘z shaxsiy samolyotini mamlakat prezidenti Alberto Fernandes foydalanib turishi uchun taqdim etdi. Davlat rahbari samolyotda Meksikaga borib keladi.
Meksika mustaqilligining 200 yilligini nishonlamoqda.
Prezident samolyotni 4 kunga ijaraga oldi. Buning uchun 160 ming dollar to‘laydi. Ma’lumotlarga qaraganda, Messining samolyoti koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha barcha shart-sharoitlarga ega.
15 million dollarlik samolyot Argentinada ro‘yxatga olingan. Odatda u Messi tug‘ilib o‘sgan shahar Rosariodagi aeroportda turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter