Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Men vahshiyman» — britaniyalik hamshira 7 chaqaloqni nega o‘ldirganini aytdi

«Men vahshiyman» — britaniyalik hamshira 7 chaqaloqni nega o‘ldirganini aytdi

Buyuk Britaniyada hamshira yetti nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘ldirishda aybdor deb topildi. Qotil o‘z jinoyatlari haqida kundalik yozib qoldirgan.

33 yoshli Lyusi Letbi Chester kasalxonasining tug‘riq bo‘limida chaqaloqlarni o‘ldirdi. Bu 2015 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan.

Holatlarning birida Letbi chaqaloqni tomirlariga shprits bilan havo kiritish orqali o‘ldirgan. Keyin u egizak ukasini insulin bilan zaharlamoqchi bo‘lgan.

Ayol turli yillarda uch marta hibsga olingan, biroq u jazodan qutulishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo u yozgan kundaliklar bir kun kelib aybini isbotlash imkonini berdi. Kundaliklari tintuv paytida uyidan topildi.

«Men yovuzman, men ularni o‘ldirdim», «Men yashashga loyiq emasman. Men ularni ataylab o‘ldirdim, chunki men ularga g‘amxo‘rlik qilish uchun yetarli malakaga ega emasdim», «Men dahshatli yovuz odamman», –  deb yozdi u.

Britaniya prokuraturasi u yashirincha 13 nafar chaqaloqqa suiqasd qilganini aniqladi (ulardan 7 nafari halok bo‘lgan, 6 nafari jabrlangan). Noxush hodislardan so‘ng so‘ng u o‘z rahbarlari va hamkasblariga chaqaloqlar tabiiy sabablar tufayli vafot etgani haqida xabar bergan.

Mitti qurbonlarning ota-onalari hamshira nima uchun haddan tashqari yovuzlik qilgani va begunoh bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganini hech qachon tushuna olmasliklarini aytishadi.

«Adolat g‘alaba qozondi va farzandlarimizga g‘amxo‘rlik qilishi kerak bo‘lgan hamshira ularga zarar yetkazganlikda aybdor deb topildi. Lekin bu adolat bizning boshdan kechirgan o‘ta og‘riqli azob-uqubatlardan qutqara olmaydi», – deydi jabrlangan bolalarning birining onasi.

Manchester sudi 21 avgust kuni Letbiga hukm chiqarishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring