Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikaning siz bilmagan ajoyibotlari! (Foto)

Meksikaning siz bilmagan ajoyibotlari! (Foto)

Foto: «Yandex»

Qadimgi Mayya xarobalari va ajoyib zamonaviy arxitekturasidan tortib, rang-barang oshxonalar va yorqin pushti lagonlarni o‘zida jamlagan Meksika ko‘plab sarguzashtsevarlar orzusidagi mamlakatlardan biridir.

Mamlakat poytaxti Mexiko shahri Baja Kaliforniya yarim orolidan g‘arbiy Yukatanning sharqiy chekkasigacha bo‘lgan hududni qamrab olgan. Shuningdek, Kankun va Kabo San-Lukas singari maftunkor maskanlarni ham o‘z ichiga oladi.

Quyida mamlakatning fotosuratchilar ob’yektiviga millionlab marta muhrlanib keladigan o‘ziga xos joylari haqida ma’lumot beramiz.

Teotixuakan

Mexiko shimoli-sharqida joylashgan Teotixuakan majmuasi YuNESKOning Butunjahon madaniy merosiga kiritilgan. Ushbu ulkan arxeologik inshoot bir nechta piramidalarni, shu jumladan, dunyodagi uchinchi eng katta piramida – Quyosh piramidasini, ibodatxonalar va boshqa qadimiy xarobalarni o‘z ichiga oladi.

Chukum-Ha Kenote

Yukatan yarim orolidagi Chukum-Ha sanoqsiz kenotlar (yer osti sinxollari)dan iborat. Uning yana bir o‘ziga xos xususiyatlari sirasiga atrofida chukum nomli daraxtlarning mavjudligini kiritish mumkin. Ushbu daraxtlar tashrif buyuruvchilarga hududdagi 65 fut chuqurlikni tashkil etuvchi tabiiy basseynga tushishdan oldin biroz terlab olish imkonini bergan.

Las Koloradas

Yukatan yarim orolining shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab joylashgan Las Koloradasda mikroorganizmlar suvga o‘zining yorqin pushti rangini berib ajoyib manzarani xosil qilgan. Hududda ko‘plab tuz uyumlari bilan bir qatorda flamingolar ham qo‘nim topgan.

Tulum

Quintana Ru shahridagi Tulum xarobalari suv ostida qolgan yagona mayya qoldig‘i hisoblanadi. Yuqorida siz ko‘rib turgan fotosurat nafaqat qadimiy xarobani, balki uning ostidagi qimmatbaho turkuaz suvni ham o‘zida namoyon etgan.

Kabo San Lukas arkasi

Mahalliy aholi tomonidan El Arko deb nomlangan ushbu ohaktosh arka, sayohatchilar uchun mamlakatdagi eng diqqatga sazovor joylaridan biri. Hududga tashrif buyuruvchilar ko‘pincha arka go‘zalligini qayiq orqali tomosha qilishni yoqtirishadi.

Yana bir e’tiborli jihati El Arko atrofida «xushchaqchaq» dengiz sherlarini ham uchratish mumkin.

Xachimilko ko‘rfazi

Mexiko janubida joylashgan Xachimilko ko‘rfazini ba’zilar «Meksika Venetsiyasi» deb atashadi. Ko‘rfaz Atsteklar tomonidan bunyod etilgan va o‘sha davr suv transport tizimining so‘nggi qoldiqlari sifatida hozir ham xizmat qiladi.

Bugungi kunda mazkur ko‘rfazda gondolaga o‘xshash rangli qayiqlar bor. Shu bilan birga, hudud sevishganlar uchrashadigan o‘ziga xos maskan vazifasini ham o‘tab keladi.

Xiyerva el Agua

Xiyerva el Agua ispanchadan tarjima qilinganida «qaynab turgan suv» ma’nosini anglatadi. Ko‘rfaz o‘zining tabiiy tosh jinslari va havorang suvlari bilan sayohatchilar diqqat markazida bo‘lib kelgan.

Hududga kelganlar ko‘l go‘zalligini asosan dronlar yordamida olingan suratlarga muhrlashadi. Ko‘rfazga Oaxaka shahridan kunlik sayohat xizmati orqali borish mumkin.

Regina ko‘chasi

Mexiko shahrining markaziy qismlaridan hisoblangan Regina ko‘chasi keng ko‘lamli va mukammal ko‘cha san’ati bilan anchayin mashhur. Qisqasi, tomosha uchun ajoyib joy.

Qolaversa, ko‘chadagi san’at namunalari doimiy ravishda o‘zgarib bormoqda. Agar siz ilgari ikkinchi yoki uchinchi marta tashrif buyurgan bo‘lsangiz ham, yana bir bor ko‘cha bo‘ylab sayohat qilishga arziydi.

Chichen Itsa

Mayya xalqining qadimiy arxeologik joylaridan hisoblanuvchi Chichen Itsa dunyoning yangi yetti mo‘’jizalaridan biri sifatida e’tirof etilishiga munosibdir.

Hudud haddan ortiq issiq bo‘lgani tufayli sayohatchilar yodgorlik majmuasiga ertalab yoki kechki payt tashrif buyurishadi.

Kenote Ik Kil

Chichen Itsadan uncha uzoq bo‘lmagan masofada Kenoti Ik Kil havzasi joylashgan. Havza o‘zining go‘zalligi va o‘ziga xos joylashuv o‘rni bilan ham ajralib turadi. Issiq kunda uzoq yo‘l yurishdan keyin sayohatchilarga havza hududi orombaxsh to‘xtash joyidir.

E’tiborlisi, Kenoti Ik Kil havzasi 2010, 2011 va 2014-yillarda eng ko‘p tashrif amalga oshirilgan maskanlardan biri sifatida e’tirof etilgan.

Kampeze

Meksika ko‘rfazidagi Kampeze port shahri Meksikaning eng ko‘p tashrif buyuriladigan joylar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa-da, biroq bu kichik shahar maftunkor qiyofasi bilan e’tirof qilinadi. Uning tarixiy markazi YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatidan o‘rin olgan. Kampezeda o‘ziga xos ranglar bilan bo‘yalgan ob’yektlar va uylar ertaklardagidek ajoyibotlikni hosil qilib keladi.

Tasviriy san’at saroyi

Har kuni minglab sayyohlarni qarshi oluvchi Mexiko shahridagi Tasviriy san’at saroyini suratga tushirish uchun siz majmua ochilishidan oldinroq borishingiz kerak. Boisi, saroyda namoyish qilinadigan teatr, opera, raqs, musiqa va boshqa madaniy dasturlari kun bo‘yi majmuada «ushlanib qolinishingizga» sabab bo‘lishi mumkin.

Davomi bor.

Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring