Meksikadagi noxush voqeada 19 kishi halok bo‘ldi
Meksikada avtobusning qulashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab insonlar jarohatlandi. Bu haqda ABC News xabariga asoslanib Interfaks ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, hodisa Mexiko shahrining Xoxingo trassasida sodir bo‘lgan. Shtat sog‘liqni saqlash departamentining bayonotida aytilishicha, sayyohlik avtobusi tormozi ishlamay qolgani sababli binoga urilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi qurbonlar orasida bir necha ayollar va bolalar ham borligi haqida xabar bergan.
Avtobus «Turismo Tejeda» sayyohlik kompaniyasiga tegishli bo‘lib, Sahuayo (Michoakan shtati) munitsipalitetidan xristianlar ziyoratgohi bo‘lgan Santuario del Senor de Chalmaga ketayotgan bo‘lgan.
Avvalroq, Bolgariyada sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida 45 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter