Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada vaziyat og‘ir: tibbiy jihozlar yetishmay, talonchilik va o‘g‘irlik avj olgan

Meksikada vaziyat og‘ir: tibbiy jihozlar yetishmay, talonchilik va o‘g‘irlik avj olgan

Nyu-York Times nashrining xabar berishicha koronavirus tufayli Meksikadagi barcha shifoxonalarda bemorlar ko‘payib ketgan. Kasallar uylarida davolanishga majbur bo‘moqda. Vaziyat juda og‘ir deb baholanmoqda.

Ayniqsa, poytaxt Meksiko shahri tang ahvolda. Tez yordam mashinalari ko‘p hollarda kislorod yetishmasligi yuz bergan bemorlarga chaqirilmoqda. Tibbiy jihozlarga talab juda baland bo‘lib, shu tufayli mamlakatda jinoyatchilik va bezoriliklar avj olgan. Uyushgan guruhlar kislorod to‘ldirilgan yuk mashinalarini olib qochish va shifoxonalardan kislorod idishlarini qurol bilan tahdid qilib o‘g‘irlashga urinishlar ko‘paymoqda.

Mamlakat bo‘ylab o‘tgan yanvar oyida 30 mingdan ziyod o‘lim holadi qayd etilgan. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, kasallanganlar orasida prezident Andress Manuel Lopes Obrador ham bor. 

Meksikada jami bemorlar soni 1,9 milliondan ziyod kishini tashkil etadi. Ulardan qariyb 1,5 millioni sog‘aygan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring