Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada 45 qopda inson jasadlari qoldiqlari topildi

Meksikada 45 qopda inson jasadlari qoldiqlari topildi

Meksika g‘arbidagi Gvadalaxara shahri chetidagi jarlikda qidiruv olib borayotgan rasmiylar inson jasadlari qoldiqlari solingan 45 ta qopni topishdi. Ular o‘tgan hafta bedarak ketgan yetti yosh insonni qidirishayotgan edi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Qoplarda erkaklarning ham, ayollarning jasadlari qoldiqlari bo‘lgan, ular necha insonga tegishli ekani hozircha aniq emas. Rasmiylar qidiruv hali yana bir necha kun davom etishini ma’lum qilishgan.

Jami jasadlar soni nechta, ular kimlar va o‘limlariga nima sabab bo‘lgani aniqlanmaguncha ishni davom ettiriladi. Shuningdek, g‘oyib bo‘lgan yetti insonning qayerdaligini izlash ham davom ettiriladi.

Jasadlar qanday qilib jarlikka tashlab ketilgani noaniq bo‘lsa-da, Meksikada insonlarning g‘oyib bo‘lishi bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘p uchraydi. Hukumat rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda mamlakatda 100 000 dan ortiq odam g‘oyib bo‘lgan, ularning aksari uyushgan jinoiy guruhlarning qurbonlari bo‘lishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring