Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada 447 ta yer silkinishi qayd etildi: qurbonlar bor

Meksikada 447 ta yer silkinishi qayd etildi: qurbonlar bor

Foto: «Eluniversal.com.mx»

Seshanba kuni Meksika janubida 7,5 magnitudali zilzila bo‘ldi. Yerosti silkinishlarining epitsentri Oaxako shtati Krusesita shahridan 23 kilometr janubda qayd etilgan. Milliy seysmologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 14:30 gacha 447 ta takroriy zilzila qayd etilgan. Eng kuchlisi 4,6 magnitudali bo‘lgan.

Oaxaka shtati  hududida 6 ta o‘lim qayd etildi, 4 kishi jarohatlangan. 3 ta federal va 5 mintaqaviy avtomagistrallarda ko‘chki, 500 ta qurilma va 15 ta tibbiyot muassasasi, shuningdek, 4 ta arxeologik hududda zararlanish aniqlangan, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Zilzila mamlakatning 11 ta shtatida bilingan, biroq ulardan o‘ntasi — Chiapas, Gerrero, Morelos, Tabasko, Verakrus, Puebla, Michoakan, Tlaskala, Idalgo va Mexiko jiddiy vayronalar haqida ma’lum qilmagan. Shu bilan birga, fuqaro muhofazasi milliy boshqarmasi xabariga ko‘ra, 30 kishi turli darajada jarohat olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring