Medvedev, Shoygu, Zaxarova va boshqalar: Ukraina Rossiyadagi taniqli shaxslarni qidiruvga berdi (ro‘yxat)
Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiyadagi qator siyosatchilar, harbiylar, kuch ishlatar tizimlar rahbarlarini qidiruvga berdi.
Qidiruv e’lon qilinganlar orasida Rossiyaning sobiq prezidenti va bosh vaziri, hozirda RF Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Rossiya tashqi ishlar vazirligining axborot va matbuot departamenti direktori Mariya Zaxarova va boshqalar bor.
Ukraina xavfsizlik xizmati qidiruv e’lon qilganlar:
- Dmitriy Medvedev — Rossiyaning sobiq prezidenti va bosh vaziri, hozirda RF Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari;
- Sergey Shoygu — Rossiya mudofaa vaziri;
- Mariya Zaxarova — Rossiya TIV axborot va matbuot departamenti direktori;
- Igor Konashenkov — RF mudofaa vazirligi spikeri;
- Aleksandr Bortnikov — Rossiya federal xavfsizlik xizmati direktori;
- Viktor Zolotov — Rossiya milliy gvardiya qo‘shinlari federal xizmati direktori;
- Vladimir Kolokolsev — Rossiya ichki ishlar vaziri;
- Valentina Matviyenko — Rossiya Federatsiya kengashi raisi;
- Sergey Narishkin — Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori;
- Nikolay Patrushev — Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi.
Umuman olganda, Ukraina 700 ga yaqin rossiyalik amaldorni qidiruvga bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter