Medvedev: «AQSh sanksiyalarni bekor qiladi? Ishonmayman!»
Rossiya hukumati rahbari Dimitriy Medvedev «VKontakte» tarmog‘i foydalanuvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘ldi. Suhbat jarayonida AQShning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari xususida to‘xtalar ekan, ular qachonlardir bekor qilinshiga mutlaqo ishonmasligini aytib o‘tdi. «Sanksiyalar bekor qilinishi? Yo‘q, bunga ishonmayman. Chunki Qo‘shma shtatlar keyingi yuz yilda Rossiyaga nisbatan ayovsiz bosim o‘tkazib keldi. Shunday ekan, sanksiyalar hech qachon bekor qilinmasa kerak. Holbuki, bunday bir tomonlama choralar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazib, xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyotga tushov bo‘layotir», deya alohida qayd etdi Rossiya bosh vaziri.
AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar 2014-yilda keyin juda taranglashib ketdi. Bunga Ukrainadagi siyosiy inqiroz ortidan Qrim respublikasining Rossiyaga qo‘shib olinishi asosiy sababdir. AQSh Qrim Ukrainaga «qaytarilmaguncha» sansiyalarni bekor qilmoqchi emas. Rasmiy Moskva esa buni xayoliga keltirayotgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter