Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MDHda eng zo‘r pensiya — Ozarbayjonda

MDHda eng zo‘r pensiya — Ozarbayjonda

Foto: «EurAsia Daily»

So‘nggi to‘rt yil mobaynida Ozarbayjonda minimal pensiya 2,2 baravarga — 240 manat ($140)gacha oshdi. Bugungi kunda Ozarbayjon minimal pensiyaning ham nominal, ham xarid qobiliyati indeksi bo‘yicha MDHda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda mamlakat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Sohil Boboyev ma’lumot berdi.

Vazirning ta’kidlashicha, o‘rtacha oylik pensiya miqdori 75 foizgacha — 363 manat ($215 atrofida)gacha, yosh bo‘yicha pensiya 70 foizgacha — 394 manat ($230)gacha oshdi.

So‘nggi to‘rt yilda Ozarbayjonda uch marotaba nafaqalar, besh marotaba pensiyalar oshirildi. 2018–2022-yillar davomida mamlakatda ijtimoiy maqsadlar uchun yillik xarajatlar 70 foizga oshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring