Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayya Sandu Moldovadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi

Mayya Sandu Moldovadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi

Moldova sobiq bosh vaziri Mayya Sandu dastlabki natijalarga ko‘ra prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan. 

Moldova Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Sandu 98 foiz ovozlab hisob-kitob qilinganda 54 foiz ovozni qo‘lga kiritgan. Uning raqibi, amaldagi prezident Igor Dodon esa 46 foiz ovoz olgan. 

Sanduga qariyb 800 ming kishi ovoz bergan bo‘lsa, Dodonni 685 ming kishi qo‘llagan. 

Eslatib o‘tamiz, saylovlar 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgandi. Amaldagi prezident Dodon Rossiyaga moyilroq, Sandu esa mamlakatning Yevropaga integratsiyasiga xayrihoh o‘laroq ko‘riladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring