Maymunlarni pul o‘g‘irlashni o‘rgatgan jinoyatchilar hibsga olindi
Hindiston politsiyasi o‘z faoliyatiga bir nechta maymunlarni jalb qilib, muntazam ravishda pul o‘g‘irliklarini sodir etib kelgan ikkita jinoyatchini qo‘lga oldi. Bu haqda Yesoreiter nashri xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, kissavurlar maymunlardan o‘tkinchilarga hujum qilishda foydalanishgan. Yo‘lovchilar o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishgan, natijada maymunlar ularning hamyonlarini olib qochishgan. Jinoyatchilar o‘ljani teng bo‘lishganlar.
Shunisi e’tiborga loyiqki, maymunlarning o‘zlari ham hibsga olingan - jinoyatchilar qamoqxonaga, maymunlar yovvoyi hayvonlarga yordam berish markaziga joylashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida maymunlardan o‘g‘irlik maqsadida foydalanish Hindistonda tez-tez uchrab turadi. Asosan maymunlarni bozordan yegulik o‘g‘irlab kelishga o‘rgatishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter