Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayk Pompeo Sergey Lavrov bilan uchrashishga tayyor

Mayk Pompeo Sergey Lavrov bilan uchrashishga tayyor

Foto: «karar.com»

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Finlandiyaga Amerika – Rossiya prezidentlari sammitini tashkillashtirgani uchun minnatdorlik bildirdi va Rossiya tashqi ishlari vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Xelsinkidan xayrli tong. Rossiyalik hamkasbim va Finlandiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashishga tayyorman. Finlandiya xalqiga mehmondo‘stligi va ulkan ish – ikkala davlat rahbarlari uchrashuviga imkon yaratib bergani uchun katta rahmat», – deb yozgan Pompeo «Twitter»da.

Bugun Finlandiya poytaxtida Rossiya va AQSh prezidentlari uchrashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring