Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur ikki qavatli avtobuslar uysizlarga boshpana bo‘ldi (foto)

Mashhur ikki qavatli avtobuslar uysizlarga boshpana bo‘ldi (foto)

Foto: «Business Insider» / «Change Please»

Londonning mashhur ikki qavatli avtobuslari uysizlarga yordam ko‘rsatish markazlariga aylantirildi.

Foto: «Change Please»

To‘yib uxlash, kirlarni yuvish, soch-soqol oldirish, hatto tishlarni davolatish mumkin.

Foto: «Change Please»

Avtobuslarda uysizlar uchun moliyaviy savodxonlik kurslari ochilgan, bandlikka ko‘maklashish dasturi esa ish topishda madad beradi.

Foto: «Change Please»

Koronavirus pandemiyasi oqibatida Buyuk Britaniyada 130 mingdan ortiq inson boshpanasiz qoldi, uysizlar soni ikki hissa ko‘paydi.

Sayyohlarning oyog‘i uzilgan Londonda shahar ramzi — minglab double-decke buses — ikki qavatli avtobuslar bekor yotgandi. Endi ular shahar uchun oldingidan kam bo‘lmagan foyda keltirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring