Markaziy osiyolik «Greta Tunberg»: u qanday hayot tarziga ega?
Shvetsiyalik 16 yoshli Greta Tunberg ismli qizcha «tabiat qo‘riqchisi» sifatida tanilgan edi. Xalqaro ekoharakatning eng yosh va eng faol a’zosi, Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasida tabiatni asrash to‘g‘risida qilgan chiqishi bilan tilga tushgandi.
Tojikistonlik Anisa ismli talaba qiz ham yosh shvedning yo‘lini tanlagan. U Xorog shahridagi universitetda ta’lim oladi. U butun dunyo odamlaridan tabiat va insoniyat muvozanatda yashaydigan dunyoni talab qildi, deya yozadi haqda «Asia Plus».
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi eko-faollar salbiy holatlarga duch kelishmoqda. Bundan tashqari, hech kim bunga izoh berishni istamasligini ta’kidladi.
«Biz tabiatni asrash bo‘yicha ommaviy ma’ruzalar qilishni rejalashtirmoqdamiz. Tojikistonda ekologik muammolar haqida gaplashamiz. Chiqindilarni to‘g‘ri tashlash va ularni qayta ishlashga e’tibor qaratamiz. Bunday ma’ruzalar Dushanbe, Xo‘jand va Xorogda bo‘lib o‘tdi.
«Erta bolalikdan ekologik ta’lim» muhim loyihalarimdan biri.Jamoam bilan birgalikda biz dastur ishlab chiqdik va 5-7 yoshli bolalar bilan ishladik. Hozir biz 12 kishimiz. Darvoqe, biz Dushanbe shahrida bo‘lajak tadbirlar uchun ko‘ngillilarni qidirmoqdamiz», deydi Anisa.
«Odamlarning tabiatga munosabatini o‘zgartirish juda qiyin. Ba’zi odamlar bu fikrlarni umuman sezmaydilar, lekin siz harakat qilishingiz kerak. Agar siz qo‘llab-quvvatlamasangiz va foydasiz deb aytsangiz, buni yana kim qilishi mumkin. Men ham o‘zimdan: «Agar sen qilmasang, unda kim?» deya so‘rayman. Greta Tunbergni ko‘rib qoyil qolaman. U hali ham bolakay, lekin uning qilgan ishlari butun dunyoni ilhomlantiradi», deydi u.
Anisa ham Greta cingari hayot tarzini qayta ko‘rib chiqqan. Jumladan:
-qizil go‘sht va tovuq go‘shtini rad etdi;
- cut iste’molining kamaytirdi;
- ovqat qoldiqlarini hayvonlarga beradi;
- ko‘proq piyoda yuradi;
- taksi o‘rniga jamoat transportidan tobora ko‘proq foydalanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter